O‘zbekiston oziq-ovqat mahsulotlari Hindistondagi ko‘rgazmada namoyish etilyapti

O‘zbekiston tadbirkorlari mahsulotlarni Hindiston va Janubiy Osiyoning boshqa davlatlariga eksport qilish istiqbollarini muhokama qilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Hindistonning Katta Noida shahrida bo‘lib o‘tayotgan "IndusFood" xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari namoyish qilinmoqda, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston kompaniyalari tomonidan taqdim etilgan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazma ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otmoqda.
“Pavilonimiz gavjum. Biz ko‘rgazma ishtirokchilari va bo‘lajak hamkorlarimiz qiziqtirgan barcha masalalar yuzasidan batafsil ma’lumot taqdim qilayapmiz, sheriklik istiqbollarini belgilab olayapmiz”, - dedi "Class Food Service" kompaniyasi direktori Anvar Sodiqov.
Proizvedennaya v Uzbekistane prodovolstvennaya produksiya demonstriruyetsya na mejdunarodnoy vistavke v Indii
Mahalliy va xorijiy importchi kompaniyalar, distribyutorlar, supermarketlar tarmog‘i delegatsiyalari qatnashayotgan tadbirda oziq-ovqat, jumladan, qandolatchilik va yog‘-moy sanoati mahsulotlari, ho‘l va quruq mevalar, sabzavotlar, meva sharbatlari, ziravorlar va keng turdagi boshqa tovarlar namoyish etilmoqda.
O‘zbekiston tadbirkorlari ushbu turdagi mahsulotlarni Hindiston va Janubiy Osiyoning boshqa davlatlariga eksport qilish istiqbollarini muhokama qilmoqda hamda o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishmoqda.
Toshkentda O‘zbekiston-Hindiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi