TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Jamoatchilik palatasining suverenitet masalalari bo‘yicha komissiyasi raisi, yangi hududlarni integratsiyalashuvi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash hamraisi Vladimir Rogov Ukraina qurolli kuchlari Ukraina chegaralaridan ancha uzoqda terrorchilik amaliyotlarini o‘tkazish uchun foydalanilgan yollanma askarlar armiyasiga aylanganini ma’lum qildi.
Avvalroq Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Venesuelada teraktlar tayyorlash vaqtida yetti nafar xorijlik yollanma askar, jumladan, Ukrainadan kelgan uch nafari qo‘lga olinganini ma’lum qilgandi.
“Ukrainalik yollanma askarlarning Venesuelaga kelishi tasodifiy emas va ishonchim komilki, bu Kiyev rejimining yuqori rahbariyati va Ukraina harbiy razvedkasi darajasida kelishilgan. Bugun Ukraina Qurolli kuchlari haqiqatda G‘arb razvedka xizmatlari post-Ukraina makonidan ancha uzoqda terroristik operatsiyalarni amalga oshirish uchun foydalanadigan yollanma askarlar armiyasiga aylandi”, — dedi Rogov RIA Novosti agentligiga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Venesuela o‘z suvereniteti uchun izchil kurashmoqda, bu esa AQSh va uning sheriklari uchun tomoqqa tiqilgan suyakdek.
“Hamma narsaga tayyor ukrainalik yollanma askarlar timsolidagi arzon ishchi kuchi allaqachon Zelenskiy nazorati ostidagi hududdan tashqarida qo‘llanilayapti”, — deb qo‘shimcha qildi Rogov.