Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Tramp Ukrainaning NATOga qo‘shilish masalasi "yopiq" ekanini aytdi

Podpolkovnik Devis: Tramp Ukraina NATOga kirmasligini aytdi.
Sputnik
TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp matbuot anjumani chog‘ida Kiyev rejimi rahbari Vladimir Zelenskiyga Ukrainaning NATOga qo‘shilishi masalasi yopiqligini – u borib Rossiya bilan muzokara olib borishi kerakligini aytdi. Bu haqda iste’fodagi harbiy xizmatchi, AQSh armiyasi podpolkovnigi Deniyel Devis ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Donald Tramp o‘z qarorgohida jurnalistlar bilan suhbatlashdi.
“Ukraining NATO tarkibida bo‘lishi - katta muammo. Men ularning his-tuyg‘ularini tushunaman. Va bu masala bo‘yicha muzokaralarda ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘yildi. Tushundimki, Ukraina va Rossiya deyarli kelishuvga erishdi, biroq Bayden Ukraina NATO a’zosi bo‘lishi kerakligini aytdi. Va kelishuv amalga oshmadi”, — deb tushuntirdi Tramp.
Devisning aytishicha, Tramp NATOga Ukrainani qo‘shmaslik haqida juda to‘g‘ri fikr bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp Ukrainaning Ittifoqqa hatto nazariy kirishi imkoniyatini ham ko‘rib chiqqani yo‘q va Zelenskiyga Ukraina mojarosiga barham berish masalasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rossiya bilan muzokaralarda muhokama qilinishi kerakligi haqida tushuncha berdi. Uning aytishicha, NATOga qo‘shilish istagidan vos kechish kerak.
"Tramp ushbu matbuot anjumanida Rossiyaga borib, Vladimir Putin bilan muzokara formatida gaplashishi kerakligini aytdi", — deb tushuntirdi iste’fodagi harbiy.
Moskva Ukraina bo‘yicha kelishuvda quruq gaplar bilan qanoatlanmaydi — Lavrov
Aliyev Rossiya va NATO o‘rtasidagi urush ehtimolini baholadi
Maxsus operatsiya, qo‘shimcha xavfsizlik choralari: Putin armiya oldiga qanday vazifalar qo‘ydi?
Pushkov NATO bosh kotibining maxfiy rejasini oshkor qildi
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukraina harbiylari 2025-yilda Rossiya bilan sulh tuzilishiga umid qilmoqda — OAV