TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Ertaga, 9-yanvar soat 13:00 da Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida “Toshkent jamoat transporti kelajagi: naqdsiz to‘lovlar va uning shaharga ta’siri” mavzusidagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
Spikerlar:
Toshkent shahar transport va avtomobil transporti infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Mirakbar Ikromov;
O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot kotibi Navro‘z Ashurmatov;
O‘zbekistondagi yo‘l haqini to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimi yagona operatori (“ATTO” AJ) ijrochi direktori Davron Shoyoqubov.
Tadbirga jurnalistlar taklif etiladi. +998971907178, @alisherakimbaev, a.akimbaev@sputniknews.com ushbu manzillar orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Matbuot markazi produseri Alisher Akimbayev.