Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya harbiylari LXRdagi Nadiya qishlog‘ini ozod qildi

Lugansk Xalq Respublikasining Nadiya aholi punkti ozod qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari LXRdagi Nadiya qishlog‘ini nazorat ostiga oldi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.
“G‘arb” qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari muvaffaqiyatli hujum harakatlari natijasida Lugansk Xalq Respublikasining Nadiya aholi punktini ozod qildi”, — deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, “G‘arb” jangchilari Xarkov viloyatidagi Dvurechnaya, Glushkovka, Ivanovka, Zagrizovo va Zeleniy Gay hududlarida, DXRdagi Torskoe va Serebranskiy o‘rmon xo‘jaligi hududida beshta Ukraina brigadasi bo‘linmalarini mag‘lub etishdi, shuningdek, bitta qarshi hujumni qaytarishdi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
G‘arb Ukraina QK mudofaasi barbod bo‘lishini istisno etmayapti — Tashqi razvedka xizmati