Turg‘un Azizov – 22-yanvar
O‘zbek kino hamda teatr san’atining chinakam afsonasi, aktor va rejissor, O‘zbekiston xalq artisti Turg‘un Azizov 90 yoshida vafot etdi.
Turg‘un Azizov “Maftuningman”, “Odamlar orasida yolg‘iz”, “Hayot tunda o‘tib ketdi”, “Olovli yo‘llar”, “Qabrdan qaytgan umr”, “Nodirabegim” kabi ko‘plab filmlarda rollar ijro etgan. Teatr sahnasida ko‘plab klassik va shoh asarlarda bosh qahramonlarni gavdalantirish bilan bir qatorda 15 tadan ortiq spektaklni rejissor sifatida sahnaga qo‘ygan.
Turg‘un Azizov
© O'zbekiston Kinoarboblari IU
Abror Tursunov – 7-fevral
Aktor va rejissor Abror Tursunov “Kulol va xurmacha” filmidagi roli bilan muxlislarga tanish bo‘lgan.
Kinoaktor faoliyati davomida “Chinor ostidagi duel”, “Suyunchi”, “Abdullajon”, “Kim jinni”, “Ayollar saltanati” kabi ko‘plab filmlarda rol ijro etgan.
Abror Tursunov
Jasur Shametov – 10-fevral
Operator va rejissor Jasur Shametov 39 yoshida vafot etdi.
U “Zarb”, “Gunoh”, “Poyma poy”, “Sadoqat”, “Qalbaki dunyo”, “Achchiq hayot”, “Qalbim o‘g‘risi” kabi bir qancha badiiy filmlarda operatorlik, “Mahallada nima gap” musiqiy-komedik filmida rejissorlik, “MTV shou” dasturida produserlik qilgan. Mahoratli operator bir qancha xalqaro tanlovlarda ishtirok etgan.
Jasur Shametov
© O'zbekiston Kinoarboblari IU
Erkin Samandar – 13-aprel
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, shoir, nosir va dramaturg Erkin Samandar 89 yoshida vafot etdi.
U 1990-1993-yillarda O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari lavozmida ham faoliyat yuritgan.
Erkin Samandar
© O'zbekiston Kinoarboblari IU
Mashrab Kimsanov – 2-may
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli kinoaktor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi.
Mashrab Kimsanov “Vodillik kelin”, “Olovli yo‘llar”, “Otamdan qolgan dalalar”, “Masxaraboz”, “Umid”, “Zebuzar”, “Hayot mamot”, “Haqiqiy erkaklar ovi”, “Sehrli qalpoqcha”, “Onaginam orzusi” kabi filmlarda esda qolarli rollarni ijro etgan. Shuningdek, ijodkor “Tog‘lik kuyov” filmining postanovkachi rejissori hisoblanadi.
Mashrab Kimsanov
© O'zbekiston Kinoarboblari IU
Malika Qayumova – 13-iyun
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Malika Qayumova 70 yoshda olamdan o‘tdi.
Malika Qayumova teatr san’atida o‘ziga xos o‘chmas iz qoldirgan. U o‘zining ijodiy faoliyati davrida teatrda sahnalashtirilgan 30 dan ziyod spektakllarda bosh rollarni hamda xarakterli obrazlarni gavdalantirgan. “Taqdir”da amma, “Devona”da ona, “Alpomish”da Kuntug‘mish, “Fotima va Zuhra”da ona, “Pari qishloq”da ona kabi obrazlarni yaratgan.
Malika Qayumova
© O'zbekiston Kinoarboblari IU
Behzod Yo‘ldoshev – 28-avgust
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti, yuqori energiyalar fizikasi sohasida xalqaro miqyosda taniqli va e’tirof etilgan olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik Behzod Yo‘ldoshev 79 yoshida vafot etdi.
Behzod Yo‘ldoshev
© O'zbekiston Kinoarboblari IU
Bobomurod Hamdamov – 2-sentabr
O‘zbekiston, Turkmaniston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Bobomurod Hamdamov 84 yoshida vafot etdi.
Bobomurod Hamdamov o‘zbek milliy qo‘shiqchilik san’atining rivojlanishida salmoqli hissa qo‘shgan. Uning “Sulton Jaloliddin”, “Kim ekan”, “Devona”, “Galdimu”, “Qo‘rqdim” kabi qo‘shiqlari keng ommalashgan.
Bobomurod Hamdamov
© O'zbekiston Kinoarboblari IU
Musaxon Nurmatov – 9-sentabr
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli bastakor Musaxon Nurmatov 56 yoshida vafot etdi.
Musaxon Nurmatov 1990-yillar oxiri, 2000-yillar boshida yaratilgan o‘zbek milliy etrada san’atidagi yuzlab qo‘shiqlar musiqasining muallifi. Uning “Laylim”, “U go‘zal boshqa”, “Adashdim”, “Yana sog‘indim, yana”, “Meni sevib qolsayding” kabi qo‘shiqlari mashhur.
Musaxon Nurmatov
© O'zbekiston Kinoarboblari IU
Bibisora Turobova – 15-sentabr
Taniqli shoira Bibisora Turobova 72 yoshida vafot etdi.
Uning o‘nga yaqin she’riy kitoblari nashr etilgan. Shoiraning 2011-yilda yozilgan “O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin” she’ri mashhur.
Bibisora Turobova
© O'zbekiston Kinoarboblari IU
Ahmad Narzullayev – 1-noyabr
Taniqli fermer, O‘zbekiston Qahramoni Ahmad Narzullayev 68 yoshida vafot etdi.
U 1991-yildan “Lochin” fermer xo‘jaligi rahbari sifatida fidokorona mehnat qilgan. “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni va “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.
Ahmad Narzullayev
© O'zbekiston Kinoarboblari IU
Halima Ibragimova – 7-dekabr
Aktrisa Halima Ibragimova 45 yoshida vafot etdi. Halima Ibragimova “Mirzo” teatri a’zosi edi.
Halima Ibragimova
© Sosseti
To‘lqin Tojiyev – 13-dekabr
O‘zbek Milliy akademik drama teatri ustoz san’atkori, o‘zbek dublyaj san’atining qiroli, O‘zbekiston xalq artisti To‘lqin Tojiyev 88 yoshda vafot etdi.
To‘lqin Tojiyev O‘zbek Milliy akademik drama teatrida yuzdan ortiq obrazlar yaratgan. “O‘zbekfilm” kinostudiyasida o‘zbekchaga o‘girilgan mingdan ortiq xorij filmiga ovoz bergan.
To‘lqin Tojiyev
© O'zbekiston Kinoarboblari IU
Shafoat Rahmatullayeva – 24-dekabr
O‘zbekiston xalq artisti, teatr va kino aktrisasi Shafoat Rahmatullayeva 83 yoshda vafot etdi.
U ko‘p yillar davomida teatr sohasida faoliyat yuritib kelgan. Shuningdek, kinofilmlarda turli rollarni ijro etgan.
Shafoat Rahmatullayeva
© O'zbekiston Kinoarboblari IU