“Ya’ni, komissiya hisobotida bir mamlakatda qiymati 11 milliard dollarlik energetika obyektlarini barpo etish rejalashtirilayotgani qayd etilgan. Internetdagi oddiy izlanish shuni ko‘rsatdiki, bu kabi rejalarga doir bir necha oy oldin memorandum imzolangan. Biroq, investitsiyalar sohasidagi barcha mutaxassislar bunday ulkan loyihalarni amalga oshirish uchun ko‘p yillar kerakligini juda yaxshi bilishadi. Hisobotlarni to‘g‘ri shakllantirishda rejalar bilan haqiqiy kiritilgan investitsiyalarni farqlash juda muhim. Ularni farqlamasdan keng jamoatchilikka tarqatish esa o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan ma’lumotlrani tarqalishiga olib keladi. Shuning uchun ham OAV va blogerlar jamoasi hisobotda keltirilgan noo‘rin ma’lumotlarni tarqatishni boshlaganini ko‘rib, investitsiyalarni hisobini yuritayotgan mas’ul sifatida ajablanib qoldim”, — deb yozadi u.
“Bizning vazirligimiz OAVlarga doim ochiq. Shuningdek, jurnalistlar haqqoniy ma’lumot va sharhlar olish uchun aynan vakolatli organlarga murojaat qilishlarini istardim”, — deya xulosa qildi u.