TOShKENT, 29 dek — Sputnik. “Ozarbayjon havo yo‘llari” (AZAL)ning Embraer 190 rusumli samolyoti ataylab Rossiya hududida urib tushirilmagan. Bu haqda Ozarbayjon telekanali AzTVga bergan intervusida respublika prezidenti Ilhom Aliyev ma’lum qildi.
“Samolyot Rossiya hududi uzra ataylab urib tushirilmagan”, — dedi davlat rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, fuzelyajning (halokatga uchragan samolyot — tahr.) teshiklarga to‘la bo‘lgani qushlar galasi bilan to‘qnashuv versiyasini kun tartibidan butunlay olib tashlagan.