Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukraina bo‘yicha muzokaralar uchun ehtimoliy maydonlar ko‘p – Peskov

Avvalroq Slovakiya mamlakat Ukraina mojarosi bo‘yicha maydon bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgandi.
Sputnik
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Har qanday betaraf mamlakat Ukraina mojarosi bo‘yicha maydon bo‘lishi mumkin. Slovakiya yagona nomzod emas. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Yo‘q, bu (Slovakiya – tahr.) yagona taklif emas. Gap betaraf pozitsiyani egallagan va ham Kiyev bilan, ham Moskva bilan teng muloqot qilayotgan mamlakatlar haqida bo‘lishi mumkin”, - dedi Kreml vakili.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin avvalroq jurnalistlarga Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso uchrashuv davomida Ukrainadagi mojaroni hal qilish borasida gapirganini ma’lum qilgandi. Rossiya rahbari Rossiya Slovakiya Ukraina bo‘yicha muzokaralar maydoni bo‘lishiga qarshi emasligini ta’kidlagan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya hech qachon Ukraina bilan muzokaralardan bosh tortmagan — Lavrov