TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari bir nechta mamlakatlar bilan ularning “Shimol-Janub” xalqaro transport yo‘lagini rivojlantirishda ishtirok etishini muhokama qilmoqda. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining (YeIK) energetika va infratuzilma bo‘yicha vaziri Arzibek Kojoshev ma’lum qildi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, hozir muhokamalar O‘zbekiston, Ozarbayjon, Eron, Bahrayn, Hindiston, Keniya, Qatar, BAA, O‘mon hamda Saudiya Arabistoni bilan olib borilmoqda.
Kojoshev Eron YeOII huzurida kuzatuvchi maqomini olish uchun ariza bergani, O‘zbekiston esa allaqachon kuzatuvchi davlat ekanini qayd etdi.
"Ushbu yo‘lak orqali ikki tomonlama va tranzit tashishlarni rivojlantirishda ishtirok etish ishlari ustida ish olib borilmoqda”, - dedi YeIK vaziri "Izvestiya" bilan suhbatda.
Uning qo‘shimcha qilishicha, sa’y-harakatlar “tor joylarni” bartaraf etish hamda “choksiz” logistikani yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.
Eslatamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev may oyidagi YeOIIning yubiley sammitida “Shimol-Janub” transport yo‘lagini Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq mamlakatlari bozorlariga chiqadigan qilib rivojlantirish bo‘yicha yaqin muloqotni davom ettirish muhimligini ta’kidlagan edi.