Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolari qutqarildi

Qarag‘anda viloyatida ichida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobus buzilib qolgan.
Sputnik
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatida buzilib qolgan avtobusdan 40 kishi evakuatsiya qilindi. Ular orasida O‘zbekiston fuqarolari ham bo‘lgan.
Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, Qarag‘anda viloyatining Shet tumanidan bir necha kilometr uzoqlikda avtobus buzilib qolgani haqida xabar kelib tushgan.
Hodisa joyiga qutqaruvchilar yetib borgan. Avtobus salonida 40 nafar yo‘lovchi bo‘lgan – Qozog‘iston va O‘zbekiston fuqarolari.
Ular avtobusdan evakuatsiya qilingan va xavfsiz joyga olib borilgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Qozog‘istonda sovuqda buzilib qolgan avtobusdan 55 nafar o‘zbekistonlik qutqarildi