Moda, to‘qimachilik: O‘zbekiston va O‘mon ishbilarmon ayollari hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi

2025 yil bahorida O‘mon ishbilarmon ayollari biznes missiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Sputnik
TOShKENT, 27 dek — Sputnik. O‘zbekiston va O‘mon ishbilarmon ayollari hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
O‘zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan O‘zbekiston va O‘mon tadbirkor ayollari o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston tomonidan Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Nodira Shotursunova, O‘mon tomonidan esa Savdo-sanoat palatasi a’zosi, mamlakatdagi yirik tadbirkor ayollardan biri, "SUMU LLC" kompaniyasi rahbari Siham al-Harsi ishtirok etishdi.
Suhbat davomida o‘zbekistonlik va o‘monlik ayol tadbirkorlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik o‘rnatish, ular uchun muloqot maydonini yaratish masalalari, ikki davlat ayollarini birlashtirishi mumkin bo‘lgan moda, to‘qimachilik hamda turizm sohalaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida seminarlar, B2B formatidagi uchrashuvlar, vork-shoplar, mahorat darslari, shuningdek, 2025-yil bahorida O‘mon ishbilarmon ayollari biznes missiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish to‘g‘risida kelishuvlarga erishildi.
O‘zbekiston va O‘mon yangi tashabbuslarni amalga oshirishga kelishib oldi