TOShKENT, 24 dek — Sputnik. Kelasi yilda Ukraina mojarosining yakunlanishini istisno qilib bo‘lmaydi. Bu haqda Rossiya Davlat dumasi mudofaa qo‘mitasi rahbari Andrey Kartapolov RIA Novostiga ma’lum qildi.
Kiyev mojaroda allaqachon mag‘lub bo‘lganini bir necha bor ta’kidlagan Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban avvalroq Ukrainadagi inqiroz 2025-yilda yakunlanishini taxmin qilgan edi.
"Orban nima haqida gapirayotganini biladi, shuning uchun Kiyevdagi chirigan natsistlar rejimini yo‘q qilish vaqti keldi", — dedi Kartapolov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina mojarosi 2025-yildayoq tugashini istesno etib bo‘lmaydi, “hamma narsa bo‘lishi mumkin”.