TOShKENT, 23 dek — Sputnik. O‘zbekiston vakillari Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiyaning transport-logistika kompaniyalari va tashkilotlari bilan birgalikda “Magistral Awards 2024” tanlovida ishtirok etdi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati xabar berdi.
"Magistral Awards" – Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Markaziy Osiyo mamlakatlarida transport sohasidagi nufuzli mukofot. Taqdirlash marosimi Ostona shahrida bo‘lib o‘tdi.
Mukofotning maqsadlari:
YeOII yagona transport makonini shakllantirishga ko‘maklashish;
transport va logistika sohasidagi eng muhim integratsiya loyihalarini rag‘batlantirish;
birgalikda transport siyosatini amalga oshirishda erishilgan yutuqlarni jamoatchilikka namoyish etish;
YeOII transport tizimida innovatsiyalar va raqamli texnologiyalardan foydalanishni rag‘batlantirish;
Ittifoqning transport kompleksida kadrlar, media, ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash.
“Magistral Awards 2024” tanlovi
© YeEK
YeIK energetika va infratuzilma vaziri Arzibek Kojoshevning so‘zlariga ko‘ra, bunday g‘oyalarni amalga oshirish biznes uchun qulay shart-sharoitlar va transport-logistika xizmatlari bozorida to‘siqlarsiz muhit yaratish imkonini beradi.
Shuningdek, ishonchli va zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish, chegarani kesib o‘tish tartib-taomillarini soddalashtirish, xizmatlar sifati va narxini oshirishga xizmat qiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur mukofot — amalda transport “Oskar”idir.