Og‘ir atletika: Qatardagi Osiyo chempionati O‘zbekiston jamoasi uchun muvaffaqiyatli boshlandi

Barcha medallarga -59 kg vazn toifasida ishtirok etgan qizlar mualliflik qilishdi.
Sputnik
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. O‘zbekistonlik yosh og‘ir atletikachilar qit’a birinchiligini oltita medal bilan boshlashdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Qatarda o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli boshlandi. Sportchilar ortda qolgan kun 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. Barcha medallarga -59 kg vazn toifasida ishtirok etgan qizlar mualliflik qilishdi.
Batafsil:
Oltin medal: -59 kg: Marjona Abdullayeva (o‘smirlar, dast ko‘tarish), -59 kg: Marjona Abdullayeva (o‘smirlar, siltab ko‘tarish), -59 kg: Marjona Abdullayeva (o‘smirlar, ikki kurash).
Kumush medal: -59 kg: Nigora Abdullayeva (yoshlar, dast ko‘tarish), -59 kg: Nigora Abdullayeva (yoshlar, ikki kurash).
Bronza medal: -59 kg: Nigora Abdullayeva (yoshlar, siltab ko‘tarish).