TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Farg‘onadagi “Petrolium” propan gaz quyish shoxobchasi boshqa faoliyat olib bormaydi, deya xabar berdi viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati.
“Farg‘ona shahar A.Yassaviy ko‘chasidagi AYoQSh va AGTSh aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va kelgusida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish maqsadida tadbirkorning o‘z xoxishiga ko‘ra buzulmoqda va boshqa faoliyat olib bormaydi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 17-dekabr kuni Farg‘ona shahar, Yangiyo‘l mahallasidagi “Petrolium” propan gaz quyish shoxobchasida 5 m. kub sig‘imli konteynerga gaz quyish jarayonida yoriq kelib chiqib, gaz moddasi tashqariga sizib chiqishi oqibatida portlash va yong‘in sodir bo‘lgan. Natijada 1 nafar fuqaro voqea joyida halok bo‘lgan, shu hududda bo‘lgan bir nechta fuqarolar turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan ulardan 3 nafari shifoxonada vafot etgan.