TOShKENT, 20 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-dekabr kuni gaz qazib olishning joriy holati va uni yanada oshirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati raisi joriy yilda bajarilgan ishlar hamda 2025-yilgi ustuvor vazifalar to‘g‘risida axborot berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie posvashennoe tekushemu sostoyaniyu i meram po dalneyshemu uvelicheniyu dobichi gaza
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Ta’kidlanishicha, zamonaviy texnologiya olib kelinib, 15 ta yangi istiqbolli maydonda geologiya-qidiruv ishlari boshlanadi. Seysmik qidiruv hududi 6,5 ming kvadrat kilometrga kengaytiriladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie posvashennoe tekushemu sostoyaniyu i meram po dalneyshemu uvelicheniyu dobichi gaza
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Mutasaddilarga yirik xorijiy kompaniyalar va ekspertlarni jalb etgan holda, geologiyani rivojlantirish va yangi konlarni o‘zlashtirish bo‘yicha 2025-yil uchun dastur ishlab chiqish topshirildi. Kelgusi yilda ishlab chiqarish va geologiya-qidiruv loyihalarini moliyalashtirish uchun xalqaro manbalardan mablag‘ jalb qilinishi mo‘ljallangan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie posvashennoe tekushemu sostoyaniyu i meram po dalneyshemu uvelicheniyu dobichi gaza
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Davlat rahbari sohada investitsiyalar, yangi texnologiyalar bilan birga kadrlar masalasi muhim ekanini ta’kidladi. O‘qitish sifatini oshirib, zamonaviy mutaxassislar tayyorlash, chet elda ishlayotgan malakali vatandoshlarni taklif etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.