TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Noyabr oyining oxirida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (YeOII) turli mamlakatlarida yillik inflyatsiya darajasi turlicha bo‘ldi:
Armanistonda – 1,4%,
Belarus – 5,5%,
Qozog‘iston – 8,4%,
Qirg‘iziston – 5,7%,
Rossiya – 8,9%.
Qozog‘istonda 2023-yilning noyabriga nisbatan yillik inflyatsiyaning -1,9 % punktga Qirg‘izistonda 2,4 % punktga sekinlashdi. Belarusda +0,1 % , Rossiyada +1,4 % tezlashdi. Armanistonda deflyatsiya inflyatsiyaga o‘tdi.
Qanday mahsulotlar narxi o‘zgardi?
Iste’mol narxlari tarkibida Qozog‘iston va Qirg‘izistonda oziq-ovqat mahsulotlari narxi pasayishi kuzatildi. Armaniston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda nooziq-ovqat tovarlari, Belarusda xizmatlar bo‘yicha narxlar pasayishi qayd etildi.
Asosiy stavka
Asosiy stavka
2024 yil davomida Armaniston va Qirg‘iziston Markaziy banklari asosiy stavkalarni 7,0% va 9,0% gacha pasaytirdi. Belarus Milliy banki foiz stavkasini 9,5 % darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi, Qozog‘iston Milliy banki va Rossiya Markaziy banki esa uni mos ravishda 15,25 foiz va 21,0 foizgacha oshirdi.