Xitoy va Rossiya bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi — Van I

Xitoy tashqi ishlar vaziri: Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar uchinchi tomonlarga qarshi qaratilmagan.
Sputnik
TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Xitoy va Rossiya bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi va birgalikda global strategik barqarorlikni ta’minlaydi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rahbari 2024-yildagi xalqaro vaziyat va Xitoy diplomatiyasiga bag‘ishlangan konferensiyada dunyodagi katta o‘zgarishlar sharoitida "Rossiya va Xitoy rivojlanish va tiklanishda bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi va global strategik barqarorlikni birgalikda himoya qiladi", deb aytdi.
“Xalqaro vaziyatdagi katta o‘zgarishlarga duch kelgan holda, Xitoy va Rossiya yuqori darajadagi o‘zaro strategik ishonchni saqlab qoladi”, — deya qo‘shimcha qildi Van I.
Shu bilan birga, vazir Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar uchinchi tomonlarga qarshi qaratilmagani va tashqi aralashuvga duchor bo‘lmasligini ta’kidladi.

“Xitoy va Rossiya qarama-qarshilikdan ko‘ra muloqotga, ittifoq tuzishdan ko‘ra sheriklikka amal qiladi va yirik davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarning umumiy barqaror va muvozanatli rivojlanishiga hissa qo‘shadi”, — dedi Xitoy tashqi ishlar vaziri.

Shuningdek, u Moskva va Pekin o‘rtasidagi munosabatlar ikki davlat rahbarlarining strategik yo‘l-yo‘riqlaridan so‘ng yetuk barqaror va mustaqil bo‘lib borayotganini aytdi.