Xalqaro olimpiada: dunyoning yuzdan ziyod tibbiyot oliygohi talabalari Samarqandda yig‘ildi

Xalqaro olimpiadaning asosiy qismida ishtirokchilar tibbiyotning 40 dan ortiq yo‘nalishlari bo‘yicha bellashishdi.
Sputnik
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Samarqandda dunyoning 100 tadan ziyod tibbiyot oliygohi talabalari, rektorlar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirokida xalqaro olimpiada o‘tkazildi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti tomonidan “Samarqand-2020” tibbiyot oliygohlari talabalarining xalqaro olimpiadasi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston, Malayziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Belarus, Janubiy Koreya kabi jahonning yigirmataga yaqin davlatidan talabalar, rektorlar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Aytilishicha, 100 tadan ziyod tibbiyot oliygohi ishtirok etgan tadbirda 730 nafardan ortiq ishtirokchi offlayn va 4000 nafarga yaqini onlayn tarzda qatnashgan.
Studenti-mediki iz raznix stran prinyali uchastie v mejdunarodnoy olimpiade v Samarkande
Xalqaro olimpiadaning asosiy qismida ishtirokchilar tibbiyotning 40 tadan ortiq yo‘nalishi bo‘yicha ikki bosqichda (test va amaliy ko‘nikmalar) bellashishdi. Shuningdek, talabalar 7-avlod simulyatsion robotlari orqali o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishdi.
Studenti-mediki iz raznix stran prinyali uchastie v mejdunarodnoy olimpiade v Samarkande
Olimpiada doirasida Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi va xorijiy tibbiyot kollejlarining o‘quvchilari o‘rasida xalqaro olimpiada tashkil qilindi.
Studenti-mediki iz raznix stran prinyali uchastie v mejdunarodnoy olimpiade v Samarkande
Qolaversa, talabalar uchun zamonaviy tibbiyotda fundamental fanlar, ilmiy tadqiqot usullari kabi mavzularda mahorat darslari tashkil etildi. Olimpiadaning yopilish marosimida g‘olib va sovrindorlar diplom, sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.