Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi lavozimidan ozod etildi

Vazirlar Mahkamasi raisining vazifalarini Vazirlar Mahkamasi raisining birinchi o‘rinbosari Adilbek Qasimaliyev bajaradi.
Sputnik
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Aqilbek Japarov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston prezidentning tegishli farmoniga tayanib, xabar berdi.
Bugun Aqilbek Japarov Vazirlar Mahkamasi rahbari – Prezident administratsiyasi rahbari lavozimini tark etgani ma’lum bo‘ldi.

“Vazirlar Mahkamasi rahbari Aqilbek Japarov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Tegishli farmonni prezident Sadir Japarov imzoladi. Vazirlar Mahkamasi raisining vazifalarini raisning birinchi o‘rinbosari Adilbek Qasimaliyev bajaradi”, — deyiladi xabarda.

Japarov Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasini 2021-yil oktabridan buyon, ya’ni uch yildan ko‘proq vaqt davomida boshqarib kelgan.