Yetti mingga yaqin o‘zbekistonliklar Rossiyaga ishga borishi kutilmoqda — tafsilotlar

2024 yilning 9 oyi davomida 50 mingga yaqin O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada ish bilan ta’minlandi.
Sputnik
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. O‘zbekistonning qariyb 7 ming fuqarosi Rossiyaga ishlash uchun ketadi. Bu haqda RIA Novostiga O‘zbekiston Migratsiya agentligi xabar berdi.
Agentlik vakillari allaqachon Moskva, Sankt-Peterburg, Krasnoyarsk, Komsomolsk-na-Amure va Yaltaning ko‘plab qurilish va autsorsing kompaniyalari bilan muzokaralar olib borishdi.
"Alohida kelishuvlar mavjud", — deya tasdiqladi agentlik vakili.
Unga ko‘ra, "Profrezerv" va "Rencons Heavy Industries"kabi kompaniyalar jami 5 ming mutaxassisga ehtiyoj borligini ma’lum qilgan. Ayni paytda mazkur korxonalar obyektlarida 4,3 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi mehnat qilmoqda.
“Stroy Aktiv” kompaniyasi 2025-yil boshida 600 nafar O‘zbekiston fuqarosini jalb etishni rejalashtirgan. “Legalons” kompaniyasi esa, o‘z navbatida, tovarlarni saqlash, qadoqlash va yetkazib berish bo‘yicha ishlash uchun qo‘shimcha 600 kishini jalb qilmoqda.
Migratsiya agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning 9 oyi davomida 50 mingga yaqin O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada ish bilan ta’minlangan. Mehnat migrantlarisoni 2023-yilning shu davriga nisbatan 4,3 baravarga oshgan.