Tanzila Narbayeva Jazoir elchisi bilan uchrashdi — muhokama etilgan masalalar

Tomonlar ilmiy hamkorlikning, ayniqsa, ta’lim sohasidagi hamkorlikning ahamiyatini qayd etdi.
Sputnik
TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Jazoirning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Muhammad Irki bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda yuqori palata matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning muhim jihatlari, shu jumladan, ijtimoiy-siyosiy va savdo-iqtisodiy sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. O‘zaro manfaatli sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratildi.
V Senate Oliy Majlisa sostoyalas vstrecha s Poslom Aljira v Uzbekistane
Tomonlar ilmiy hamkorlikning, ayniqsa, ta’lim sohasidagi hamkorlikning ahamiyatini qayd etdi. Islom tarixi va madaniy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan qo‘shma tadqiqot loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
V Senate Oliy Majlisa sostoyalas vstrecha s Poslom Aljira v Uzbekistane
Parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning samarali platformasini yaratish uchun do‘stlik guruhlari ishini faollashtirish zarurligi ta’kidlandi.
V Senate Oliy Majlisa sostoyalas vstrecha s Poslom Aljira v Uzbekistane
Uchrashuv yakunida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish va belgilangan tashabbuslarni amalga oshirishga tayyor ekanligini bildirdi.
Tanzila Narbayeva Pokiston elchisi bilan uchrashdi — nimalar muhokama qilindi?