Tramp o‘zining inauguratsiya marosimiga Si Szinpinni taklif qildi

Qayd etilishicha, bo‘lajak prezidentning inauguratsiyaga mas’ul jamoasi Trampning qasamod marosimiga boshqa xorijlik mehmonlarni ham taklif qilishni rejalashtirgan.
Sputnik
TOShKENT, 12 dek — Sputnik. AQSh prezidentligi saylovlarida g‘alaba qozongan Donald Tramp Xitoy raisi Si Szinpinga 2025-yil 20-yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan inauguratsiya marosimi uchun taklifnoma yubordi, deb xabar bermoqda “CBS News” manbalarga tayanib.
“Saylangan prezident Donald Tramp Xitoy raisi Si Szinpinni kelasi oy o‘tkaziladigan inauguratsiya marosimida ishtirok etishga taklif qildi”, — deyiladi telekanal xabarida.
Qayd etilishicha, bo‘lajak prezidentning inauguratsiyaga mas’ul jamoasi Trampning qasamod marosimiga boshqa xorijlik mehmonlarni ham taklif qilishni rejalashtirgan. Xususan, tadbirda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ishtirok etishi mumkin.
Tramp avvalroq Xitoyning iqtisodiy siyosatini bir necha bor tanqid qilgan va Xitoydan keladigan tovarlarga yangi tariflar joriy etish bilan tahdid qilgan. Respublikachining avvalgi prezidentlik muddati Pekin bilan “savdo urushi” bilan belgilangan. Bundan tashqari, Tramp ikkinchi muddati oldidan BRIKS mamlakatlari dollarga muqobil valyuta yaratish rejalaridan voz kechmasa, ularga 100 foizlik savdo bojlari joriy etilishi bilan tahdid qilgan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Tramp Zelenskiyga zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish kerakligini aytdi — OAV