TOShKENT, 12 dek — Sputnik. Yunonistonlik olimlar ayrim oziq-ovqat mahsulotlari umr davomiyligiga ta’sir qilishi mumkinligini aniqladilar.
Shakar va qayta ishlangan go‘shtlar (kolbasa) qarishni tezlashtiradi.
Sut mahsulotlari tezlashtirilgan qarishning kutilmagan sababi bo‘lishi mumkin. Ayrim hollarda serog‘ sut mahsulotlari ichaklarda yallig‘lanishni keltirib chiqaradi. Bu esa o‘z navbatida hujayralar yangilanishini sekinlashtiradi.
Achchiq va sho‘r ovqatlarni imkon qadar kamroq iste’mol qilish kerak.
"Qayta ishlangan ziravorlar o‘rniga yangi ziravorlarni iste’mol qilish yaxshiroqdir, chunki ikkinchisida konservantlar va natriy mavjud", - deya qo‘shimcha qildi mutaxassislar.
Qahvani yaxshi ko‘radiganlar kuniga olti finjondan ko‘p ichmasligi kerak. Aks holda bu demensiya (aql, xotira susayishi) rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Kofeni tez-tez iste’mol qilish bu kasallik paydo bo‘lish ehtimolini 53% ga oshiradi. Bundan tashqari, 100 milligramm kofein qarishni 2,4 yilga tezlashtiradi.
Tadqiqotchilar, shuningdek, gazli ichimliklarni ko‘p ichishdan ogohlantirdilar, chunki ularning tarkibida sun’iy shakar mavjud.
Uglevodlar miqdorini cheklash yaxshi, lekin ularni diyetadan butunlay chiqarib tashlamaslik kerak.
Uglevodlar miqdorini cheklash yaxshi, lekin ularni diyetadan butunlay chiqarib tashlamaslik kerak.