Rossiya migratsiya qonunchiligini takomillashtirishdan manfaatdor — Putin

Uning ta’kidlashicha, davlatlar fuqarolari o‘zlarini xotirjam, ishonchli va xavfsiz his qilishlari kerak.
Sputnik
TOShKENT, 10 dek — Sputnik. Rossiya va Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga (KXShT) a’zo boshqa davlatlar fuqarolar o‘zlarini xotirjam va xavfsiz his qilishlari uchun noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilikni o‘z vaqtida takomillashtirishdan manfaatdor. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin KXShT mamlakatlari parlamentlari rahbarlari bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi.
“Migratsiya xavfsizligi konsepsiyasi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar o‘z vaqtida tayyorlandi. Bundan Rossiya ham, hamkorlarimiz ham manfaatdor, chunki hammasini o‘z vaqtida hal qilish kerak”, — dedi Putin.
Uning ta’kidlashicha, davlatlar fuqarolari o‘zlarini xotirjam, ishonchli va xavfsiz his qilishlari kerak. Shuningdek, birlashma doirasida bir mamlakatdan ikkinchisiga ko‘chib o‘tayotgan insonlar mehnat qilishi, qayerga kelayotganini tushunishi, til bilishi, ijtimoiy imkoniyat va kafolatlardan foydalanishi ham muhim.
O‘zbekiston va YeOII
Rossiyada ishlayotgan YeOII mamlakatlari fuqarolarining ijtimoiy himoyasi kuchaytirilishi mumkin