Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Trampning Ukraina bo‘yicha rejasi Zelenskiy uchun signal — Qrim parlamenti rahbari

Konstantinov: Trampning konsepsiyasi Zelenskiy uchun evakuatsiya qilish signaliga aylanishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 10 dek — Sputnik. AQShning bo‘lajak prezidenti Donald Trampning Ukrainadagi mojaroni hal qilish konsepsiyasi Vladimir Zelenskiy va uning atrofidagilarni evakuatsiya qilish uchun signal bo‘lishi mumkin. Bu haqda Qrim parlamenti rahbari Vladimir Konstantinov ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Avvalroq Tramp Vladimir Zelenskiy va Ukraina “kelishuvga erishmoqchi”, deb aytdi va zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish va muzokaralar o‘tkazishga chaqirgan edi. Keyinroq "New York Post" gazetasiga Ukrainadagi “bema’ni” mojaroga barham berish konsepsiyasini ishlab chiqayotganini aytdi.
“Agar Trampning konsepsiyasi Rossiyaning geosiyosiy manfaatlarini hisobga olgan holda Ukrainada adolatli tinchlik o‘rnatishga mo‘ljallangan bo‘lsa, Zelenskiy rejimi uchun bunday tinchlikning boshlanishi evakuatsiya uchun signaldir”, — dedi Konstantinov RIA Novosti bilan suhbatda.
Uning fikricha, Ukrainaga terroristik rejimni yo‘q qilish, Ukraina aholisi uchun gumanitar va axborot erkinligini o‘z ichiga olgan tinchlik kerak.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya maxsus harbiy operatsiya hududidagi jangchilar bilan faxrlanadi — Putin