Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya Trampning Ukraina bo‘yicha bayonoti bilan tanishib chiqdi — Peskov

Peskov: Rossiya Federatsiyasi Trampning bayonoti bilan Makron va Zelenskiy bilan uchrashuvdan keyin tanishdi.
Sputnik
TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Rossiya AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Trampning Ukrainadagi mojaroga oid bayonotini o‘rgandi, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
“Biz AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning Parijda Makron va Zelenskiy bilan uchrashuvidan so‘ng aytgan bayonotini diqqat bilan o‘rganib chiqdik”, — dedi Peskov.
Kreml vakilining ta’kidlashicha, Trampning maxsus harbiy operatsiyadagi Rossiyaning yo‘qotishlari haqidagi ma’lumotlari ukrainacha talqinda taqdim etilgan va Kiyev pozitsiyasini bayon qilgan.
Tinchlik muzokaralari shartlarini avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin e’lon qilgan, biroq Ukraina muzokaralarni rad etishda davom etmoqda va o‘z pozitsiyasini o‘zgartirmayapti, dedi Rossiya davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
“Shu o‘rinda shuni eslatib o‘tish kerakki, aynan Ukraina muzokaralarni rad etgan va rad etishda davom etmoqda. Bundan tashqari, (Vladimir) Zelenskiy o‘z farmoni bilan o‘zini va ma’muriyatini Rossiya rahbariyati bilan har qanday aloqada bo‘lishni taqiqladi. Ularning bu pozitsiyasi o‘zgarmaydi”, — dedi Peskov.
Uning qayd etishicha, tinch trayektoriyaga o‘tish uchun Zelenskiy “o‘zining ushbu farmonini bekor qilishi va joylarda yuzaga kelayotgan voqelikni inobatga olgan holda Istanbul kelishuvlari asosida muloqotni qayta boshlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berishi kifoya”.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya Ukraina mojarosida ishonchli g‘alaba qozonmoqda — “Strategic Culture”