O‘zbekiston xodimlar malakasini oshirishda Rossiya bilan hamkorlik qiladi

O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Rossiya Xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi rektori bilan uchrashdi.
Sputnik
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi o‘rtasida memorandum imzolandi, deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.
O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya Xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi (RXXDBA) rektori Aleksey Komissarov bilan uchrashdi.
MIPT i RANXiGS podpisali Memorandum o sotrudnichestve
Suhbatda tomonlar Rossiyaning yetakchi ilm-fan va ta’lim muassasasi RXXDBA negizida respublika davlat organlarining 150 nafar vakili uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish bo‘yicha olib borilgan dastlabki ishlar natijalarini muhokama qilishdi.
O‘zbekiston milliy iqtisodiyotini rivojlantirishdagi dolzarb muammolarni hal etish uchun zarur bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlash maqsadida modullar mavzulari bo‘yicha tegishli takliflar kiritildi.
“Uchrashuv doirasida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi”, — deyiladi xabarda.
Tadbir yakunlari bo‘yicha tomonlar memorandumning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga ishonch bildirishdi.
Aytilishicha, bu o‘z navbatida davlat organlarini kadrlar bilan ta’minlash sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Akademik, ilmiy va madaniy almashinuvlar hamda ta’lim va madaniy dasturlarni amalga oshirish sohasidagi O‘zbekiston-Rossiya hamkorligining yanada chuqurlashishiga ishonch bildirildi.