TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Ukrainadagi hamma erkaklar safarbar qilinishga tayyor bo‘lishlari kerak. Bunday fikrni Yavir chaqiruv belgili Ukraina Qurolli kuchlarining 68-brigadasi qo‘mondoni o‘rinbosari bildirdi, deb yozmoqda RIA Novosti mamlakat nashriga tayanib.
“Hozir hammada urushga tushib qolamiz va hayot tugaydi, degan qo‘rquv bor. Hozir uyda bo‘lgan barcha erkaklar tayyorgarlik ko‘rishlari kerak. Bu ularni chetlab o‘tmaydi... Tez orada hamma jalb etiladi”, — dedi u.
Shu bilan birga, u harbiy xizmatga chaqiruv bo‘limlari safarbarlik rejasini bajarish uchun "hammani qatorasiga yig‘ib" olayotganini, shu sababli ularning 140 kishidan iborat brigadasiga 60 nafar noloyiq odam kelishini tan oldi.