TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Amerikalik jurnalist Taker Karlsonning aytishicha, u Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan suhbat uchun Moskvaga kelgan. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Karlsonning qayd etishicha, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan suhbatlashish uchun Moskvaga qelgan va allaqachon suhbatni yozib olgan.
Jurnalistning ta’kidlashicha, suhbatni yozib olish endigina yakunlangan va tez orada e’lon qilinadi. Karlson o‘z so‘zida Lavrov dunyodagi eng uzoq muddat xizmat qilgan tashqi ishlar vaziri ekanligini aytib o‘tdi.
U Lavrovga bergan savollarining ayrimlarini ham ochiqladi: Biz Rossiya va AQSh o‘rtasidagi misli ko‘rilmagan mojaro tomon ketapmizmi? Rossiyani... Xitoyning ta’sir doirasidan G‘arb ta’sir doirasiga qaytarishning yo‘li bormi? Bu ittifoq doimiymi? Donald Trampning saylanishi esa dunyoni, AQSh iqtisodiyotini, global iqtisodiyotni o‘zgartirayotgan va bu sayyoradagi har bir inson hayotini xavf ostiga qo‘yayotgan bu urushning tugashini anglatadimi?
Taker Karlson, shuningdek, Zelenskiy bilan intervyu olish taqiqlanganini ham aytib o‘tdi. Uning qayd etishicha, AQShning Kiyevdagi elchixonasi Vladimir Zelenskiyga intervyu berishga ruxsat bermagan.
“Biz Zelenskiydan bir yildan ortiq intervyu olishga harakat qildik. Biz turli tomonlardan chiqishga harakat qildik, uning atrofidagi ko‘p odamlar bilan suhbatlashdik... Biz buni doimo muhokama qildik, ammo bu harakatlarga AQSh hukumati to‘sqinlik qildi. Soliq to‘lovchilarimizning pullaridan foydalanadigan Kiyevdagi Amerika elchixonasi Zelenskiy hukumatiga: “Siz intervyu bera olmaysiz” degan", - deya qo‘shimcha qildi Karlson.