TOShKENT, 3 dek — Sputnik. Toshkentdagi Volgograd yodgorlik majmuasiga Noma’lum askar kuni munosabati bilan gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Bugun Toshkentda Noma’lum askar kuni munosabati bilan “Birodarlik qabristoni” yodgorlik majmuasi hududidagi Mangu alanga poyiga va Noma’lum askar qabriga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov va "Rossotrudnichestvo" vakolatxonasi rahbari Irina Staroselskaya qatnashdi.
Rossiyada Noma’lum askar kuni 3-dekabrda nishonlanadi. Noma’lum askar kuni janglarda halok bo‘lgan sovet askarlari xotirasiga bag‘ishlangan. 3-dekabr sanasi 1966-yilning shu kuni noma’lum askarning kuli Aleksandr bog‘idagi birodarlik qabridan Moskva Kremli devorlariga ko‘chirilganligi sababli tanlangan.