Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Qrim va boshqa hududlarni qaytarish uchun qo‘shinlarimiz yetarlicha kuchga ega emas — Zelenskiy

Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy na zasedanii Soveta Bezopasnosti OON (arxivnoe foto)
Zelenskiy Ukraina Qurolli Kuchlaridan shikoyat qildi.
Sputnik
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Vladimir Zelenskiy Yaponiyaning "Kyodo" agentligiga bergan intervyusida Ukraina armiyasida kuch yetishmasligiga shikoyat qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Qrim va boshqa hududlarni qaytarish uchun bizning qo‘shinlarimiz yetarlicha kuchga ega emas. Bu fakt. Diplomatik yechim izlash kerak",— dedi Zelenskiy.
Agentlikning qayd etishicha, u Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqida oldinga siljib borayotgani, Kiyev uchun frontdagi vaziyat og‘irligini tushuntirgan.
Zelenskiy, shuningdek, "Ukraina Rossiyani tiyib turish uchun yetarlicha kuchga ega bo‘lgandagina diplomatik vositalar haqida o‘ylay oladi", deya qo‘shimcha qildi.
Shu bilan birga, G‘arbdan ko‘p milliard dollarlik harbiy yordam olgan Zelenskiy hamkorlar yordami yetarli emasligidan shikoyat qilib, uni kengaytirishni talab qildi.
Uning fikricha, NATO o‘rnini bosadigan hech qanday xavfsizlik tuzilmasi yo‘q. "NATO Ukraina xavfsizligini kafolatlash uchun muhim", — dedi Zelenskiy va NATOga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarga taklif qilishni talab qildi.
Ukrainskie soldati v ukritii nedaleko ot linii fronta bliz Avdeyevki, Ukraina, 17-fevralya 2023 goda.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukraina Qurolli kuchlari askarlari qo‘mondonlik harakatlaridan shikoyat qilishdi — OAV