Qozon federal universiteti o‘zbekistonlik hamkorlari bilan aloqalarni kengaytirmoqchi

Obsujdeni prioriteti sotrudnichestva s Kazanskim federalnim universitetom
O‘zbekiston bosh konsuli Qozon federal universiteti rektori bilan uchrashdi.
Sputnik
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. O‘zbekiston va Qozon federal universiteti (QFU) o‘rtasidagi hamkorlik rivojlanmoqda, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
O‘zbekiston bosh konsuli Nodirjon Qosimov QFU rektori Lenar Safin bilan uchrashdi.
Uchrashuvda rektor Jizzax viloyatidagi QFU filiali mazkur OTMning Markaziy Osiyodagi bosh strategik loyihasi ekanini ta’kidlab o‘tdi.
"Rektor oliy ta’limni tashkil etishning keng ko‘lamli strategik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zbekistonlik hamkorlari bilan aloqalarni kengaytirishga umid bildirdi", — deyiladi xabarda.
Uchrashuvda O‘zbekistonning 70 ta ilmiy-ta’lim tashkiloti, jumladan, yetakchi universitet va ilmiy markazlar bilan hamkorlikdagi faoliyatning ustuvor yo‘nalishlari ham muhokama qilindi.
Qosimov o‘z so‘zida QFUda o‘zbekistonlik talabalarni har tomonlama ko‘llab-quvvatlanishiga va sifatli ta’lim olishi uchun zarur sharoitlar yaratilganiga alohida e’tibor qaratdi. Qayd etilishicha, bu kelgusida madaniy va tarixiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Perviy zarubejniy filial KFU otkrilsya v Djizake
Jizzaxda Qozon federal universiteti filiali ochildi - video