"Sharq kitobat san’ati: tarix va bugun" — yangi ekspozitsiya

Bu ko‘rgazma madaniy va tarixiy merosga qiziquvchilar uchun haqiqiy ilhom manbai sanaladi.
Sputnik
Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatura san’ati muzeyida "Sharq kitobat san’ati: tarix va bugun" deb nomlangan yangi ko‘rgazma tashkil etildi. Bu tadbir sharqona kitobat san’atining boy tarixini va uning bugungi kundagi rivojini namoyon etmoqda.
Tadbir davomida Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatura san’ati muzeyi, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda Turkiyaning An’anaviy hunarmandchilikni himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash jamiyati (GESKODER) o‘rtasida Memorandum imzolandi.
Muzey tarixida ilk bor eksponatlar o‘zbek, ingliz va rus tillarida audioyozuvli QR-kod tizimiga o‘tkazildi. Tomoshabinlar QR-kod orqali 8 ta tarixiy va 4 ta zamonaviy eksponat haqida matnli va audio ma’lumotni olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, miniatura qahramonlarini jonlantirgan animatsion loyiha taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Loyiha multiplikator rassom, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha PhD darajasiga ega Nigora Hayo tomonidan taqdim etildi.
Ko‘rgazma davomida muzey xodimlari tomonidan ekskursiyalar va abru-bahor san’ati bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazildi.
1 / 17

Kamoliddin Behzod nomidagi Shark, miniatura san’ati muzeyi

2 / 17

"Yusufni qullikka sotishmoqda". 2015-yil. Muallif: Niyozali Xolmatov. Ipak qog‘oz, tempera

3 / 17

"Farhod Shirinni oti bilan ko‘tarishi". 2023-yil. Muallif: Mirhamid Sobirov. Qadimgi qog‘oz, tempera

4 / 17

"Amir Temur qush ovida". 2023-yil. Muallif: Sherzod Arifbayev. Samarqand qog‘ozi, tilla, suvbo‘yoq, tempera

5 / 17

"Yosh ovchilar". 2007-yil. Muallif: Koship Amonov. Qog‘oz, tilla, tempera

6 / 17

"Chovgan (polo) o‘yiniga tayyorgarlik". 2002-yil. Muallif: Kamol Mirzayev. Ipak qog‘ozi, tilla, tempera

7 / 17

"Zarvaraq". 2012-yil. Muallif: Ulug‘bek Arifjanov. Ipak qog‘oz, tilla, tempera

8 / 17

"Chovgan (polo) o‘yini". 1994-yil. Muallif: Kamol Mirzayev. Shoxalil Shayakubovning shaxsiy kolleksiyasidan,. Ipak qog‘ozi, tilla, tempera

9 / 17

Ko‘rgazma mehmoni

10 / 17

"Qalam surasi 4-oyat". Muallif: Islam Mamatov. Qog‘oz, tush

11 / 17

"Shoh va shoir". Muallif: Niyozali Xolmatov. Qog‘oz, pigment

12 / 17

"Shoh, darvesh, mahbuba". Muallif: Niyozali Xolmatov. Mato, tempera

13 / 17

"Iblislar uyiga yo‘l. Zahhoq". (Firdavsiyning "Shohnoma" asaridan). 2015-yil. Muallif: Niyozali Xolmatov. Ipak qog‘oz, tempera

14 / 17

"Jang boshlanishi". 2022-yil. Muallif: Nilufar Sadullayeva. Ipak qog‘oz, tempera

15 / 17

"Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro". 2022-yil. Muallif: Nilufar Sadullayeva. Faner, suvbo‘yoq, tempera

16 / 17

"Dovud va Shovulning kelishi. Dovudni xalq kutib oladi". (Dovud payg‘ambar hayotidan). 2014-yil. Muallif: Niyozali Xolmatov. Ipak qog‘oz, tempera.

17 / 17

Muzey afishasi