Bayden va Xarris Kiyevga yadro qurolini berish imkonini qidirmoqda — Teylor-Grin

Prezident SShA Djo Bayden
Teylor-Grin: Bayden va Xarris Kiyevga yadro qurolini berish imkonini qidirmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 27 noya — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden va vitse-prezident Kamala Xarris Kiyevga navbatdagi yordam so‘rovi bilan mamlakatni oxirgi o‘ringa qo‘yishmoqda. Bu haqda X ijtimoiy tarmog‘ida respublikachilar vakili Marjori Teylor-Grin ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Amerika oxirgi o‘rinda. Bayden-Xarris ma’muriyati nafaqat Ukrainaga yana 24 milliard dollar berapti, balki ular Ukrainaga yadro qurolini berishni ko‘rib chiqishmoqda", — deb yozadi Teylor-Grin.
Uning ta’kidlashicha, amerikalik soliq to‘lovchilar yordamsiz azob chekmoqda.
U Bayden ma’muriyatining Ukrainaga yordam berish va Pentagonning qurol-yarog‘ zaxirasini to‘ldirish uchun 24 milliard dollar so‘rashini e’lon qilganiga shunday javob berdi.
Taker Karlson. Arxivnoe foto
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Zelenskiy o‘z muddatini o‘tab bo‘lgan va hokimiyatda qolishda davom etmoqda — Taker Karlson