O‘zbekiston va Rossiya elektron qurilmalar ishlab chiqararishga mo‘ljallangan qo‘shma korxona ochdi

Korxona tog‘-kon sanoati, neft-gaz majmuasi va qishloq xo‘jaligi sanoati korxonalari tomonidan foydalanishga topshiriladigan datchiklar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
Sputnik
TOShKENT, 26 noya — Sputnik. Toshkentda elektron qurilmalar ishlab chiqararishga mo‘ljallangan Rossiya-O‘zbekiston qo‘shma korxonasi ochildi, deya xabar berdi Rossiyaning O‘zbekistondagi Savdo vakolatxonasi.
Toshkentda Rossiyaning “Domalogika” MChJ kompaniyasi va O‘zbekistonning “Energopribor” MChJ kompaniyasi o‘rtasida elektron qurilmalar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan “DLKIP Electronics” qo‘shma korxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
V Tashkente otkrili sovmestnoe rossiysko-uzbekskoe predpriyatie po proizvodstvu elektronnix ustroystv
Tadbir Rossiyaning O‘zbekistondagi Savdo vakolatxonasi, Dog‘iston Sanoat va savdo vazirligi, Rossiya hududi eksportini qo‘llab-quvvatlash markazi hamda Toshkent shahar hokimligi xodimlari ishtirokida o‘tkazildi.
Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakili o‘rinbosari Igor Kaminin o‘z nutqida ikki davlat korxonalari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish muhimligini ta’kidlab, Dog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar yuksak darajada ekanini qayd etdi.
Yaratilayotgan korxona O‘zbekistonning ishlab chiqarish va tog‘-kon sanoati, neft-gaz majmuasi va qishloq xo‘jaligi sanoati korxonalari tomonidan foydalanishga topshiriladigan datchiklar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.