Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida viza tartibini yanada erkinlashtirish masalasi muhokama etildi

O‘zbekiston va Xitoy konsullik-huquqiy sohadagi hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdorlik bildirdi.
Sputnik
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Xitoy O‘zbekiston bilan vizalarni liberallashtirish borasida hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdorligini bildirdi. Bu haqda O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari va Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Konsullik departamenti vakillari o‘rtasidagi uchrashuvda ma’lum qilindi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
Xitoy TIV Konsullik departamentining Viza siyosati va ishlari boshqarmasi direktori Son Shiyu bilan konsullik – huquqiy sohadagi ikki tomonlama hamkorlikka oid keng ko‘lamli masalalar muhokama qilindi.
Kitay i Uzbekistan zainteresovani v ukreplenii sotrudnichestva v konsulsko-pravovoy sfere
Muzokaralar chog‘ida Xitoyning viza siyosati, ikki mamlakat fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda O‘zbekiston – Xitoy o‘rtasidagi sohaga oid meyoriy-huquqiy bazani kengaytirish xususida fikr almashildi.
“Hukumatimiz tomonidan O‘zbekiston va dunyoning boshqa mamlakatlari o‘rtasida vizalarni liberallashtirishga ustuvor masala sifatida qaralayotgani ta’kidlanib, bu borada erishilgan ijobiy natijalarga to‘xtalib o‘tildi”, — deyiladi xabarda.
O‘zbekiston kelgusida xorijiy davlatlar bilan viza tartibini yanada erkinlashtirish, xususan, viza talablaridan o‘zaro ozod etish to‘g‘risida kelishuvlarga erishishni reja qilgan.
“Boshqarma direktori Son Shiyu O‘zbekistondagi siyosiy, iqtisodiy ijobiy o‘zgarishlar, ayniqsa, so‘ngi yillarda dunyo mamlakatlari bilan vizalarni liberallashtirish borasida olib borilgan samarali natijalarni yuqori baholab, Xitoy tomoni ham ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdorligini bildirdi. Sohaga oid oldinda turgan masalalarni birgalikda hal etishga kelishib olindi”, — deyiladi xabarda.
Tomonlar, o‘zaro samarali hamkorlik natijasida ikki mamlakat fuqarolari almashinuvini kengaytirish va turizm sohasini izchil rivojlantirishdan birdek manfaatdor ekanligini qayd etishdi.