O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi MDH PA Kengashi majlisida ishtirok etmoqda

MDH davlatlari PA Kengashi a’zolari tomonidan O‘zbekistonda parlament saylovining demokratik tamoyillarga mos ravishda shaffof va adolatli o‘tganligi e’tirof etildi.
Sputnik
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. 21-22 noyabr kunlari Sankt-Peterburg shahrida MDH davlatlari Parlamentlararo Assambleyasi (PA) Kengashining majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi parlament delegatsiyasi ishtirok etmoqda, deb xabar berdi Senat matbuot xizmati.
Tashrifning birinchi kunida O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari Kengashning tashkiliy masalalarga qaratilgan majlisida ishtirok etdi.
Parlamentskaya delegatsiya Uzbekistana prinimayet uchastie v zasedanii Soveta Mejparlamentskoy assamblei SNG
Majlisda MDH davlatlari PA Kengashi a’zolari tomonidan O‘zbekistonda parlament saylovining demokratik tamoyillarga mos ravishda shaffof va adolatli o‘tganligi e’tirof etildi. Siyosiy tadbirda saylovchilarning 75 foizi faol ishtiroki, shuningdek, deputatlarning 38 foizini ayollar tashkil etgani – mintaqadagi eng yuqori ko‘rsatkich ekanligi alohida qayd etildi.
Parlamentskaya delegatsiya Uzbekistana prinimayet uchastie v zasedanii Soveta Mejparlamentskoy assamblei SNG
Narbayeva saylov jarayonlari kuzatuvchilar guruhi vakillariga bildirilgan xolis fikrlari va tavsiyalari uchun minnatdorlik bildirdi. Ular bergan tavsiyalarning chuqur o‘rganilishi, amaliyotga tatbiq etilishi ta’kidlab o‘tildi.
Parlamentskaya delegatsiya Uzbekistana prinimayet uchastie v zasedanii Soveta Mejparlamentskoy assamblei SNG
Parlamentskaya delegatsiya Uzbekistana prinimayet uchastie v zasedanii Soveta Mejparlamentskoy assamblei SNG
Delegatsiya a’zolarining MDH davlatlari PA Kengashi majlisidagi ishtiroki davom etmoqda.
Parlamentskaya delegatsiya Uzbekistana prinimayet uchastie v zasedanii Soveta Mejparlamentskoy assamblei SNG
O‘zbekiston delegatsiyasi MDH PAning 57-yalpi majlisida ishtirok etadi