TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Toshkentda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun "Yandex Go" ilovasi ilovasida “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi, deya xabar berdi Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot xizmati.
"Ijtimoiy taksi" pilot loyihasini ishga tushirishdan maqsad:
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash;
nogironligi bo‘lgan shaxslar va tayanch xarakatida muammolari bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy soha obektlari, ta’lim muassasalariga borib kelishlariga qulayliklar yaratish.
Xizmatdan foydalanish "Yandex Go" ilovasi orqali amalga oshiriladi.
“Mazkur ilovada nogironligi bo‘lgan shaxslarning ehtiyojlariga moslashtirilgan maxsus funksiya "Yandex Go" ilovasida alohida ekranda mavjud. Ularni har qanday tarifda manzilga yetib olish uchun tanlash mumkin ("Start", "Komfort" yoki "Komfort+"). Barcha tariflarda xizmat narxlari o‘zgarmaydi”, — deyiladi agentlik xabarida.
Buyurtmani qabul qilgan haydovchiga mijozni manzilga olib borish davomida bir qator maxsus vazifalarni amalga oshirish kerakligi haqida xabar beriladi.
V Tashkente zapushena transportnaya slujba "Sotsialnoe taksi" dlya lis s invalidnostyu
© Sputnik
Demak, mashina topishga yordam bering manzil kartochkasida foydalanuvchiga mashinani topish, uning yoniga kelish va salonga o‘tirishga yordam beruvchi izoh ko‘rinadi.
V Tashkente zapushena transportnaya slujba "Sotsialnoe taksi" dlya lis s invalidnostyu
© Sputnik
Eshitishida muammolari bo‘lgan shaxslarga haydovchi chat orqali muloqot qilishni so‘rashi kerak bo‘ladi. “Nogironlik aravachasidaman” bu funksiya tanlangan bo‘lsa, haydovchida “nogironlar aravachasida bo‘laman, mashinaga o‘tirishda yordam, bo‘sh yukxona kerak” izohi ko‘rinadi.