Ibrohim Valixo‘jayevning “Yangicha nigoh” ko‘rgazmasi – mavhumlik va uyg‘unlik olamiga sayohat

Ibrohim Valixo‘jayev o‘ziga xos uslubi bilan mashhur. Uning mavhum shakllarga urg‘u berilgan ko‘rgazmasi chinakam ilhom baxsh etadi.
Sputnik
O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy ko‘rgazma zalida O‘zbekiston xalq rassomi, Badiiy akademiya akademigi va O‘zbekiston rassomlar uyushmasi raisi Ibrohim Valixo‘jayevning "Yangicha nigoh" deb nomlangan shaxsiy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
"Yangicha nigoh" ko‘rgazmasi 3 metrdan 6 metrgacha bo‘lgan katta formatlarda bajarilgan konseptual yo‘nalishdagi 28 ta yangi asarni namoyish etmoqda. Ko‘rgazmaning markaziy asari "Farg‘ona cyuitasi" nomli 16 qismdan iborat monumental polotno bo‘lib, umumiy uzunligi 22 metrdan oshadi.
Ushbu yangi asarlarda rassom odamlar va tabiat manzaralarining an’anaviy obrazlaridan voz kechib, abstrakt shakllar, tekstura va ranglarga e’tibor qaratgan. Uning kompozitsiyalari his-tuyg‘ular va g‘oyalarni ifodalaydi, yumshoq va iliq ranglar orqali totuvlik va tinchlik muhitini yaratadi.
Ertaga, 22-noyabr kuni soat 16:00 da Markaziy ko‘rgazma zalida rassom bilan ijodiy uchrashuv o‘tkaziladi. Uchrashuv davomida tashrif buyuruvchilar uning asarlari haqida ko‘proq ma’lumot olish va qiziqtirgan savollarini berish imkoniga ega bo‘lishadi.
Ko‘rgazma o‘z ishini 7-dekabrga qadar davom ettiradi.

Rassom haqida

Ibrohim Valixo‘jayev 1958-yilda Namanganda tug‘ilgan. U o‘zining professional badiiy ta’limini o‘zbek zamonaviy san’atining mashhur ustasi Rahim Ahmedovdan olgan.
Valixo‘jayevning ijodi O‘zbekistonning kundalik hayoti bilan bog‘liq keng mavzularni qamrab oladi. Uning asarlarida zamondoshlar obrazlari, milliy tabiat manzaralari, an’analar va mamlakatning madaniy merosi aks ettirilgan. Sharq bozori rassomning ijodidagi asosiy mavzulardan biri bo‘lib, u yorqin manzaralar, naturmortlar, portretlar va janroviy sahnalar yaratish uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Rassom doimiy ravishda yangi san’at ifoda shakllarini izlash va tajribalar o‘tkazishga intiluvchi ijodkor sifatida tanilgan. Uning asarlari uslubiy xilma-xillik va chuqur his-tuyg‘ular bilan ajralib turadi.
Ijodiy faoliyatdan tashqari, Ibrohim Valixo‘jayev O‘zbekiston rassomlar uyushmasi raisi sifatida jamoat ishlarida ham faol ishtirok etadi.
1 / 16

Ibrohim Valixo‘jayevning “Yangicha nigoh” ko‘rgazmasi

2 / 16

Ko‘rgazma mehmoni

3 / 16

"Qizil nur" 2024-yil. Mato, moybo‘yoq

4 / 16

"Halqalar" 2024-yil. Mato, moybo‘yoq

5 / 16

"Rennesans" 2024-yil. Mato, moybo‘yoq

6 / 16

"Aks" 2024-yil. Mato, moybo‘yoq

7 / 16

“Yangicha nigoh” ko‘rgazmasi

8 / 16

"Tumor" 2024-yil. Mato, moybo‘yoq

9 / 16

"Quyoshli kun" 2024-yil. Mato, moybo‘yoq

10 / 16

"Megapolis" 2024-yil. Mato, moybo‘yoq

11 / 16

Ko‘rgazma mehmoni

12 / 16

"Quyoshning tug‘ilishi" 2024-yil. Mato, moybo‘yoq

13 / 16

"Yangi shahar" 2024-yil. Mato, moybo‘yoq

14 / 16

Eng yirik asar “Farg‘ona cyuitasi” deb nomlanadi. U 16 ta bir xil qismdan iborat. Mazkur ishning umumiy uzunligi 22 metrdan oshadi.

15 / 16

"Shovqin" 2024-yil.

16 / 16

Sharhlar va takliflar kitobi