TOShKENT, 20 noya — Sputnik. Rossiya uchun Ukraina mojarosida o‘z maqsadlariga erishish muhim, Rossiya prezidenti Vladimir Putin allaqachon muzlatish varianti to‘g‘ri kelmasligini aytdi. Bu haqda Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Avvalroq "Reuters" agentligi o‘z manbalariga tayanib, Rossiya go‘yoki front chizig‘i bo‘ylab mojaroni muzlatishga rozi bo‘lishi yoki rus qo‘shinlari nazorati ostidagi Xarkov viloyati hududidan voz kechishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.
“Prezident bu mojaroni muzlatishning har qanday varianti bizga mos kelmasligini aytgandi. Biz uchun barchaga yaxshi ma’lum bo‘lgan maqsadlarimizga erishish muhim”, — dedi Peskov.