O‘zbekiston va YeOII

Eron YeOII bilan hamkorlikni chuqurlashtirishdan manfaatdor — YeIK

YeIK va Eron hamkorlik rejalarini muhokama qildi.
Sputnik
TOShKENT, 20 noya — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) va Eron hamkorlik rejalarini muhokama qildi, deya xabar berdi komissiya matbuot xizmati.
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining integratsiya va makroiqtisodiyot vaziri Eldar Alisherov Eron Tashqi ishlar vazirligi Ko‘p tomonlama va xalqaro iqtisodiy hamkorlik bosh boshqarmasi bosh direktori boshchiligidagi Eron Islom Respublikasi delegatsiyasi bilan amaliy uchrashuv o‘tkazdi.
YeIK vaziri eronlik hamkorlarni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari tomonidan Eronning YeOIIda kuzatuvchi davlat maqomini olish haqidagi arizasini ko‘rib chiqish jarayoni haqida ma’lumot berdi. Bu masala bo‘yicha yakuniy qaror Ittifoq davlat rahbarlari tomonidan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida qabul qilinishini ta’kidladi.
Eron delegatsiyasi rahbari YeOII va Eron o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning yuqori darajasini ta’kidladi va uni, birinchi navbatda, energetika va transport sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish orqali yanada chuqurlashtirishdan manfaatdor ekanini aytdi.
Eldar Alisherov YeIK va Eron o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirishdan manfaatdorligini bildirdi. Shuningdek, u YeOIIda kuzatuvchi davlatlar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilish tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Eron vakili YeIK vazirini 2025-yilda Tehronga tashrif buyurishni taklif qildi. U Eron ishbilarmon doiralarining Yevroosiyo kun tartibi, shuningdek, xorijiy biznes uchun ochilayotgan imkoniyatlar haqida xabardorligini oshirish uchun YeOII taqdimotini o‘tkazishni taklif qildi. Ushbu tashabbus YeOII mamlakatlari va eronlik hamkorlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash va tijorat aloqalarini kengaytirishga qaratilgan.
O‘zbekiston va YeOII
YeOII va Eron: erkin savdo shartnomasi asosida yaratilgan imtiyozlar haqida ma’ruza qilindi