TOShKENT, 19 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasining madaniyat va san’at sohalari vakillarini "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, quyidagilar mukofotlandi:
Sergey Bezrukov - Rossiya Federatsiyasining xalq artisti, Moskva drama teatri badiiy rahbari, teatr va kino aktori
Andris Liyepa - Rossiya Federatsiyasining xalq artisti, balet artisti, rejissor
Mazkur mukofot san’atkorlarga O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik, ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirish, xalqlarning an’anaviy do‘stlik va hamjihatlik aloqalarini mustahkamlash borasidagi katta xizmatlari uchun berildi.
Shuningdek, ular o‘zining yorqin va betakror iste’dodi, xususan, kino va teatr yo‘nalishidagi sermahsul ijodiy faoliyati bilan madaniyat va san’at sohalarida hamkorlikni kengaytirish, ma’naviy qadriyatlarni asrab-avaylash va boyitishga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlandi.