TOShKENT, 19 noya — Sputnik. Maxsus harbiy operatsiya Rossiya o‘z maqsadlariga erishganida tugaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov “Hindiston va Rossiya ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar: Hindiston va Rossiya xalqlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash” nomli uchrashuvda ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Bu qachon tugashi mumkin, qachon yakuniga yetadi degan savolga javob berishning iloji yo‘q deb o‘ylayman. Ammo men sizga ayta oladigan yagona narsa shuki, biz maqsadlarimizga erishganimizdan so‘ng bu nihoyasiga yetadi”, — dedi Peskov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya maxsus harbiy operatsiya maqsadlariga erishish uchun hamma narsani qilmoqda.
"Siz Vashington ma’muriyatining bizning mamlakatimizga qarshi uzoq masofali aniq raketalarni ishlatishga ruxsat bergani haqidagi hikoyani bilasiz. Shuning uchun biz o‘z maqsadlarimizga (maxsus harbiy operatsiya – tahr.) tezroq erishish uchun zarur bo‘lgan barcha ishni qilyapmiz”, — deya aniqlik kiritdi Rossiya prezidenti matbuot kotibi.