TOShKENT, 18 noya — Sputnik. “Toshkent-Buxoro-Toshkent” yo‘nalishida yangi poyezd qatnovi qo‘yiladi, deya xabar berdi Transport vazirligi.
Qayd etilishicha, “O‘zbekiston temir yo‘llari” tomonidan O‘zbekiston Konstitutsiyasining 33-yilligi munosabati bilan yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.
Poyez tarkibi 12 ta vagondan iborat bo‘lib, unda 2 ta VIP, 4 ta biznes, 4 ta ekonom, 1 ta restoran va 1 ta dizel vagoni bor.
Mejdu Tashkentom i Buxaroy budet kursirovat noviy poyezd
© Ministerstva transporta respubliki
Aytilishicha, biznes-klassdagi o‘rindiqlar yo‘nalish bo‘yicha o‘zgaradi. Poyezd to‘xtab turganda ham vagonlardagi sovutish tizimi ishlashda davom etadi.
Mejdu Tashkentom i Buxaroy budet kursirovat noviy poyezd
© Ministerstva transporta respubliki
“Hozirda poyezd mazkur yo‘nalishda sinovdan o‘tkazish jarayonida. Sinov yakunlangach, yaqin kunlarda yo‘lovchilarga foydalanish uchun topshiriladi”, — deyiladi xabarda.
Poyezd harakat vaqti 6 soatdan iborat. U 592 km masofani bosib o‘tadi.