TOShKENT, 18 noya — Sputnik. O‘zbekiston va Pokiston "aql markazlari" o‘rtasida yaqin hamkorlik o‘rnatiladi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokistonning "Golden Ring Economic Forum" (GREF) tahliliy markazi raisi Sikander Afzal va markaz prezidenti Xasnain Reza bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda O‘zbekiston va Pokistonning yetakchi tahliliy, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda "aql markazlari" o‘rtasida yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalalari muhokama qilindi.
Pokiston tomoni O‘zbekistonning yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlik qilishdan manfaatdorligini bildirdi.
“Uchrashuv so‘nggida mintaqaviy bog‘liqlik tashabbusi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar va boshqa masalalar bo‘yicha qo‘shma axborot-tahliliy hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib maqsadida O‘zbekiston "aql markazlari" bilan hamkorlik o‘rnatishga kelishib olindi”, — deyiladi xabarda.