TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev Rossiya Federatsiyasi Tomsk viloyati gubernatori Vladimir Mazur boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda ikki davlat rahbarlarining sa’y-harakatlari bilan mamlakatlar o‘rtasidagi strategik sheriklik hamda o‘zaro hamkorlik munosabatlari mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarilib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev shu kunlarda amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi Tomsk viloyati gubernatori Vladimir Mazur boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
© Sirdaryo.uz
Muzokaralar davomida Sirdaryo va Tomsk viloyati o‘rtasida savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar yo‘nalishlarda aloqalarni chuqurlashtirish masalasida fikr almashildi. Fan, ta’lim hamda faol madaniy-gumanitar almashinuvlarni jadallashtirish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, to‘qimachilik materiallarini ishlab chiqarish va yetkazib berish, shuningdek, "Sirdaryo" sanoat zonasi direksiyasi va "Tomsk" sanoat parki direksiyasini bog‘lash o‘zaro hamkorlikning istiqboldagi yo‘nalishlari sifatida belgilab olindi.
Uchrashuv yakunida Sirdaryo viloyati hokimligi va Tomsk viloyati o‘rtasida doimiy va samarali hamkorlik to‘g‘risida memorandum hamda Toshkent kimyo-texnologiyalar instituti Yangiyer filiali bilan Tomsk davlat boshqaruv tizimlari va radioelektronika universiteti birgalikda o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv-uslubiy adabiyotlar ishlab chiqish, professor-o‘qituvchilar, ekspertlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlarida ilmiy stajirovkalarni olib borish bo‘yicha kelishuv imzolandi.
Viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev shu kunlarda amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi Tomsk viloyati gubernatori Vladimir Mazur boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
© Sirdaryo.uz
Viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev shu kunlarda amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi Tomsk viloyati gubernatori Vladimir Mazur boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
© Sirdaryo.uz
Delegatsiya a’zolari viloyatga tashrif doirasida bir qator zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari, xususan "Sirdaryo Mega Lyuks", "Peng Sheng" hamda “Politeks Sirdaryo” korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.