Rossiyalik ishbilarmonlar O‘zbekiston bozoridagi imkoniyatlarni o‘rganmoqda

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasida Rossiyaning yirik biznes hamjamiyatlari hamda Rossiyadagi o‘rta va yirik biznes top-menejerlarini o‘z ichiga olgan “Birinchilar klubi” vakillari uchrashdi.
Sputnik
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasida Rossiya ishbilarmon doiralari va top-menejerlari bilan muloqot bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasida Rossiyaning yirik biznes hamjamiyatlari hamda Rossiyadagi o‘rta va yirik biznes top-menejerlarini o‘z ichiga olgan “Birinchilar klubi” vakillari uchrashdi.
O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasida Rossiya ishbilarmon doiralari va top-menejerlari bilan muloqot bo‘lib o‘tdi
Muloqot formatidagi tadbirlarda tadbirkorlik va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning o‘rni, O‘zbekiston bozori salohiyati, ikki mamlakat ishbilarmonlari uchun ochilayotgan imkoniyatlar muhokama qilindi.
Tadbir davomida mamlakatning sarmoyaviy va sayyohlik salohiyatiga oid ma’ruzalar va taqdimotlar, shuningdek, O‘zbekiston hududlarining sarmoyaviy jozibadorligiga alohida e’tibor qaratilayotgan individual taqdimotlar tinglandi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Rossiya savdo-iqtisodiy hamkorligini yanada rivojlantirish istiqbollari, jumladan, qo‘shma biznes loyihalarni amalga oshirish, qo‘shma korxonalarni ko‘paytirish, savdo-iqtisodiy va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasida Rossiya ishbilarmon doiralari va top-menejerlari bilan muloqot bo‘lib o‘tdi
“Birinchilar klubi” spikerlari va ekspertlari O‘zbekiston va Rossiyada biznesning qaysi tarmoqlari bugungi kunda ko‘proq rivojlanganligiga ham e’tibor qaratib, logistika, IT va sarmoya sohalariga alohida e’tibor qaratishdi.
"Birinchilar klubi" 2017-yil aprelda tashkil topgan. Bugungi kunda u Rossiya biznes hamjamiyatining 900 nafardan ortiq a’zosi va Rossiya bozorining 26 ta sohasi yetakchilari bo‘lgan top-menejerlarni birlashtiradi.
O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasida Rossiya ishbilarmon doiralari va top-menejerlari bilan muloqot bo‘lib o‘tdi
Klubning asosiy maqsadi – biznesning murakkab muammolari ochiq muloqotda hal qilinadigan, qo‘shma loyihalar amalga oshiriladigan hamda biznesning o‘sishi va rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlar ochiladigan ishonch makonini yaratish.