“Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin biz hech qachon muzokaralardan bosh tortmaganimizni bir necha bor aytdi. Zelenskiy qaror qabul qilmasligi aniq, lekin agar ular bizni muzokaraga chaqirsa va hamma narsani ostin-ustun qilishga urinib, muzokaralarni Ukraina xohlaydi, lekin Rossiya esa rad rad etadi deyishsa: Putin bir necha bor aytdi, unga (Zelenskiy) hech bo‘lmaganda ikki yil avval Putin hukumati bilan muzokaralar o‘tkazishni taqiqlovchi farmonni bekor qilsin”, — dedi Lavrov.
“Saylovlar turli yo‘llar bilan tashkil etilishi mumkin, siz Moldovada saylovlar qanday tashkil etilganini ko‘rdingiz. Muayan saylov jarayonining qonuniyligini faqat uning bo‘lib o‘tganini tushunib, qanday tashkil etilganini ko‘rganimizdagina baholay olamiz”, — deya aniqlik kiritdi Rossiya TIV rahbari.